Foydali Maqolalar

Ramazon oyiga oid foydali ma'lumotlar

Ro'za tutish niyati

Ro'za tutish niyati dildan qilinadi. Saharlik paytida: «Navaytu an asuma sovma shahri ramazona minal fajri ilal maghribi, xolisan lillahi ta'ala. Allohu akbar» deb niyat qilinadi. Ma'nosi: «Ramazon oyining ro'zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat qildim. Xolis Alloh uchun. Alloh buyukdir.»

Ro'zani buzadigan amallar

Qasddan yeyish va ichish, jinsiy yaqinlik qilish, ozuqa bo'ladigan narsalarni yutish ro'zani buzadi. Shuningdek, og'iz to'ldirib qusish, huqna (klizma) qilish kabi holatlar ham ro'zani ochib yuboradi. Agar unutib yeb-ichib qo'ysa, ro'za ochilmaydi, eslashi bilan darhol to'xtatish kerak.

Fitr sadaqasi haqida

Fitr sadaqasi Ramazon hayitidan oldin berilishi vojib bo'lgan sadaqadir. U kambag'al va miskinlarga beriladi, to ular ham bayram kunida xursand bo'lishsin. Fitr sadaqasi miqdori har yili O'zbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan belgilanadi (odatda bug'doy, arpa, mayiz yoki xurmo qiymatida).